
O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra O’zbekiston aholisi 2021 yilga kelib 34 558 891 kishini tashkil qilmoqda. O’tgan yillarga qaraganda aholi soni ko’payib bormoqda. 2020 yilning ko’rsatkichi bo’yicha aholi soni -33 905 242 kishi, 2019 yilda -33 255 538 kishini tashkil etgan. Agar 10 yil avvalga nazar tashlasak 2012 yilda - 29 555 365 kishi aholi soni ko’rsatkishini ko’rishimiz mumkin. Tug’ilishlar soni eng ko’p Samarqand, Farg’ona va Qashqadaryo hududlariga tog’ri keladi. Samarqandda 2021 yilda 110 455 chaqaloq, Farg’onada -99 146, Qashqadaryoda - 97 079 chaqaloq tug’lgan bo’lsa, Toshkent shahrida 63 034 chaqaloq tug’ilganini kuzatishimiz mumkin.
Aholining aynan turmush qurish yoshida, ya’ni 20 yoshdan 35 yoshgacha bo’lganlar soni 2021 yilda -9 058 430 kishini tashkil etmoqda.
Xo’sh, siz 9 million inson orasidan o’z juftingizni topaoldingizmi?