top of page
Search

Dating app larni ishlatishda nimalarga e’tibor berish kerak?


'Dating app'larni ishlatishdagi eng asosiy 10 ta qoida:

1. A’zo bo’lish paytida profilingizga o’zingiz xaqingizda tog’ri va to’liq ma’lumot yozing. Chunki aynan siz yozgan ma’lumotlaringiz- siz xaqingizda boshqa insonda qanday tassavur uyg’otishi uchun muhimdir. Undan tashqari xar bir nomzod bilan suhbat chog’ida aynan bir xil muntazam bol’gan savollarga javob berip vaqtingizni ketkazmaysiz. Ya’ni ismingiz, yoshingiz, kasbingiz va shunga oxshash doim so’raladigan savollarga javobingiz profilingizda oldindan bo’ladi.

2. O’zingizni xaqiqiy rasmingizni yuklang. Chunki yolg’on rasm qoyganingizni boshqalar xam biladi va bu ularda salbiy his ‘negative’ uyg’otadi. Xar xil behayo yoki sizga aloqasi bo’lmagan rasmlar sizni jiddiy inson bilan tanishish imkoningizni yo’q qiladi. Rasm yuklash xaqida keinroq batafsil to’xtalamiz.

3. Bir nomzodga faqat rasmiga qarabgina ‘like’ bosmang. Insonlar rasmda juda chiroyli bo’lmasa xam, ichki dunyosi chiroyli bo’lishi mumkin. Shuning uchun doim nomzod profilini o’qib ko’ring, qiziqishlarini solishtirib ko’ring

4. Imkoniyatingizdan qochmang. Yangi insonlar bilan tanishish sizga yangi ma’lumotlar olib keladi. Yoqqan insonlarga durust xat yozishdan cheklanmang

5. Lekin yoqsa-yoqmasa xammaga bir xil xat yozib tashlamang. Chunki bu sizni charchatadi va xaqiqiy jiddiy inson topishingizdan adashtiradi.

6. ‘Nima eksangiz shuni o’rasiz’. Suhbatta yolg’on ishlatsangiz sizga xam yol’gon bilan javob berishadi. Shuning uchun o’zingiz tog’ri bo’ling va samimiy suhbat qiling.

7. Juda qisqa muddat Ichida juftimni topaman dep o’ylamang. Ba’zida o’zingiz xoxlagandek inson bilan tanishishingiz ancha vaqt olishi mimkin.

8. Dasturni muntazam ravishda ishlatib yuring. Chunki xar kun yangi nomzodlar qoshiladi va ulardan biri sizga xaqiqiy juft bo’lishi mumkun.

9. Endi tanishgan insoningizga shaxsiy ma’lumot va tel raqamingizni bermang! Oldin suhbat quring va insonning ichki dunyosi va niyatini o’rganing. Sizga behayo xat yozgan insonlarni ‘blok’ga solishdan yoki adminga murojaat qilishdan chekinmang.

10. Eng asosiysi dating app meni baxtli qiladi deb o’ylamang. Shunchaki baxtingizni topishingizga imkon beradi. Chunki baxtli bo’lish uchun qilingan xar bir ish yaxshidir. Baxt uchun xar bir qadam to’gridir!



10 views0 comments
bottom of page