
O’zbekiston Respublikasida 2020 yilda jami 296750 ta nikoh qayd etildi. Shundan birinchi o’rinda Farg’ona bo’lib, u yerda 34066 ta oila qurilgan. Undan so’ng Samarqandda 33379 ta turmush qurish qayd etilgan bo’lsa, Toshkent shahrida 21622 ta nikoh tuzilgan.
Ammo, avvalgi yillarga nazar solsak, O’zbekistonda 2019 yil – 310899, 2018 yil – 311379 ta nikoh qayd etilgan edi.
Ko’rinib turibdiki, O'zbekistonda oila qurish yildan yilga kamayib bormoqda…
Buning sabablariga esa keinroq to'xtalamiz...
(ma'lumotlar davlat statistika saytidan)