
Zamonaviy online tanishuvlarning afzal tomonlaridan biri bu qulayligidir. Ish joyingizda yoki parkda va cafeda o'tirib xam internet orqali bemalol tanishib, yozishib, keinchalik bir biringizga mos kelsangiz uchrashishingiz mumkin. Shunda ancha vaqtingiz tejaladi. Lekin tanishgan insoningiz o'z profilidaka insonmi yoki profili va rasmi yolg'onmi buni bilish qiyin. Vaqt o'tishi bilan uzoqroq gaplashgan sari buni anglash mumkindir.
An'anaviy sovchilikning afzal tomonlari xam bor. Masalan, u oilani sizga tanishlaringizdan kimdir tafsiya qilgan bo'ladi. Bu esa ishonch uyg'otadi. Yana bir jihati, sovchilik orqali qizni birinchi bo'lib yigitning onasi ko'radi va agar qiz onaga yoqsagina uchrashuvga chiqiladi. Bu ham o'z navbatida pozitiv ro'l o'ynaydi. Ammo, an'anaviy uchrashuvlar juda ko'p vaqt oladi. Qiz oilasini o'rganish, vaqt ajratib 2-3 ayol ovora bo'lib sovchilikka borishi va yoshlar xam bilmagan insoni bilan uchrashib ko'rishi majburligidir.